Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Sohaga oid xabarlar » D217 avtomobil yo‘lida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

D217 avtomobil yo‘lida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

13-03-2026, 10:21
8
D217 avtomobil yo‘lida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

📍 Urganch tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan D217 “Urganch sh. – Gurlan sh. – Mang‘it sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 1.5–2 km oraligʻida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

➡️ Yo‘lning ayrim qismlarida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilib, yo‘l qoplamasini tiklash ishlari bajarildi. Olib borilgan ishlar natijasida yo‘lning texnik holati yaxshilanib, transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun sharoit yaratildi.

📈 Mutaxassislar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘ldan foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida bunday ta’mirlash ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.