Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki missiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki missiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.🚩Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov bankning investitsiyalar bo‘yicha direktori Konstantin Limitovskiy bilan muzokara olib bordi.
✨J.Tursunov avvallo, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda mamlakatimizda yirik strategik loyihalar amalga oshirilayotganligi munosabati bilan o‘z minnatdorligini bildirdi.
💥“A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 150—228-km (78 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati bo‘yicha tomonlar o‘z fikrlarini bildirdilar.
🛡Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (328,1 km) hamda Xorazm viloyatidagi (188 km) umumiy foydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega 516,1 km avtomobil yo‘llari qismlarini to‘la ta’mirlash loyihasi bo‘yicha hamda istiqbolda hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuv amalga oshirildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l xo‘jaligidagi ishlar natijadorligi va rejadagi loyihalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.13-07-2025, 16:43
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI30-06-2025, 16:46
“Yashil makon”16-03-2026, 13:33
RASMIY MUNOSABAT17-03-2026, 15:58
Payshanba — Yoshlar kuni: yo‘l tizimidagi yoshlar bilan ochiq muloqot12-03-2026, 20:55











