Payshanba — Yoshlar kuni: yo‘l tizimidagi yoshlar bilan ochiq muloqot



Payshanba — Yoshlar kuni: yo‘l tizimidagi yoshlar bilan ochiq muloqot🛣 Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
☄️ Uchrashuvda Bosh boshqarma boshlig‘i Dilshod Niyazmetov, bosh yuristkonsult Hamza Palvonov hamda avtomobil yoʻllaridan foydalanish va texnik holatini taxlil qilish shoʻbasi bosh mutaxassisi Rustam Masharipovlar boshchiligida Urganch–Xiva pullik avtomobil yo‘li hududida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
➡️ Uchrashuv davomida yoshlar yo‘l qurilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, maxsus texnikalar qanday ishlashi, yo‘l qoplamasining tekisligi qanday nazorat qilinishi, asfalt qatlami qalinligi qay tartibda o‘lchanishi kabi muhim jarayonlar joyida tushuntirib berildi.
Mutaxassislar tomonidan yo‘l qurilishida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, sifat nazorati va xavfsizlik talablari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
⌛ Bunday amaliy uchrashuvlar yoshlarning soha haqidagi bilimlarini oshirish, ularda kasbga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI30-06-2025, 16:46
Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l xo‘jaligidagi ishlar natijadorligi va rejadagi loyihalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.13-07-2025, 16:43
E'tiborda hikmat ko'p!24-03-2026, 11:56
D217 yo‘lida ta’mirlash ishlari yakunlandi17-03-2026, 11:38
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki missiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.9-07-2025, 16:50











